Tuman haqida

Tuman 1977 yilda tashkil topgan bo‘lib, markazi Buston shahri, jami yer maydoni 541920 ga, shundan shahar yer maydoni 768 ga. 2015 yil 1 yanvar holatiga tuman aholisi soni 143,2 ming kishini tashkil etadi. Shundan 17,2 ming kishi shaharda, 126,0 ming kishi qishloqda yashaydi.

Tuman g‘arb va shimoldan Beruniy tumani, sharqdan Navoiy viloyati, janubdan To‘rtko‘l tumani va janubiy-g‘arbdan Xorazm viloyati bilan chegaradosh.

Tumanda bitta tuman qaramog‘idagi shahar, 1 ta shaharcha tipidagi posyolka 16 ta mahalla, 13 ta ovul fuqarolar yig‘ini (Qizilqum, Guldursin, A. Navoiy, Elliqqal‘a, Amirobod, Do‘stlik, Qilchinoq, Paxtachi, Qirqqiz, Saribiy, Tozabog‘, Sharq Yulduzi, Aqchako‘l,) bor.