Tuman haqida

Tuman 1977 yilda tashkil topgan bo’lib, markazi Bo’ston shahri, jami yer maydoni 541920 ga, shundan shahar yer maydoni 768 ga. 2019 yil 1 yanvar holatiga tuman aholisi soni 156,0 ming kishini tashkil etadi. Shundan 19,8 ming kishi shaharda, 136,2 ming kishi qishloqda yashaydi.

Tuman g’arb va shimoldan Beruniy tumani, sharqdan Navoiy viloyati, janubdan To’rtko’l tumani va janubiy-g’arbdan Xorazm viloyati bilan chegaradosh.

Tumanda bitta tuman qaramog’idagi shahar, 1 ta shaharcha tipidagi posyolka 16 ta mahalla, 13 ta ovul fuqarolar yig’ini (Qizilqum, Guliston, Guldursin, Navoiy, Elliqqal’a, Amirobod, Do’stlik, Qilchinoq, Qirqqiz, Saribiy, Tozabog’, Sharq Yulduzi, Aqchako’l,) bor.

Tuman asosan qishloq xo’jaligi, asosan paxta va g’allachilikka ixtisoslashgan. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar 387479 gektarni tashkil qiladi, shundan ekin maydoni 28712 gektar va qishloq joylarida yashovchi fuqarolarga 4094 gektar tomorqa yerlari ajratib berilgan